12:53 / 26.02.2020
4 103

Andijondagi «gaz zapravka»da yuz bergan portlash tafsilotlarini ma’lum qilindi (foto)

Andijondagi «gaz zapravka»da yuz bergan portlash tafsilotlarini ma’lum qilindi (foto)
2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 10:10larda Xo‘jaobod tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida 32 yoshli Sh.O.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida portlash yuz bergani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, portlash natijasida shoxobcha ishchisi A.K. jarohatlangan bo‘lib unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, boshqa hech kim jarohatlanmagan. Shuningdek, portlashda 6 ta avtomashina turli darajada shikastlangan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, gaz quyayotgan ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan 100 litr hajmdagi 2012 yilda ishlab chiqarilgan gaz ballonida portlash yuzaga kelgan. Shuningdek, gaz uskunasi avtomashinaga 2018 yilda o‘rnatilgan, uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi «gaz zapravka»da yuz bergan portlash tafsilotlarini ma’lum qilindi (foto)