
Bojxona xodimlari tomonidan o‘qotar qurollar va ularni harakatga keltiruvchi turli mexanizmlarning yurtimiz hududiga olib kirilishi va muomalada bo‘lishiga qarshi tizimlar ravishda ishlar olib borilmoqda.
Xususan, “Daut-ota” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.Dga tegishli “Lada Largus” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, avtotransport vositasida hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 12 mm kalibrli o‘qotar qurollar uchun atalgan jami 337 dona gilzalar hamda 15 kilogramm droblarni noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar