Foto: New York Post
Butun dunyoda og‘ir epidemiologik vaziyatni yuzaga keltirgan COVID-19 koronavirusi chivin yoki pashsha chaqishi oqibatida yuqmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari ham ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagan. Ular bergan ma’lumotga ko‘ra, respirator virus asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi.
«Infeksiyaning chivin chaqishi oqibatida odamga yuqishi haqida berilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q», — deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy saytida.
«Yangi koronavirus — respirator virusi asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, bemorning yo‘talishi yoki aksirishi natijasida nafas yo‘llaridan suyuq shaklda chiqib, tomchi shaklida boshqa bir odamning nafas yo‘llariga kirib oladi. Shuningdek, so‘lak tomchilari yoki burun oqishi oqibatida ham odamga yuqishi mumkin.
2019-nCoV koronavirusining chivin chaqishi oqibatida yuqqani yuzasidan holatlar kuzatilmagan. Infeksiyadan saqlanish uchun yo‘talayotgan, isitmasi baland odamlardan uzoqroq yurish, shu bilan birga qo‘llarni tez-tez yuvish, respirator gigiyena hamda tozalikka rioya qilish lozim», — deyiladi tashkilot bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?