2020 yilning fevralida iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 0,8 foizni tashkil etdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki ikki oyi davomida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,4 foizga o‘sdi.
Bildirilishicha, 2019 yilning fevral oyiga nisbatan narxlar va tariflar 13,5 foizga oshdi.
Yirik guruhlar kesimida narxlarning o‘zgarishi natijalariga ko‘ra, narxlar va tariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, joriy yilning fevral oyida narxlar 1,3 foizga ko‘tarilgan. Bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,6 foizga va xizmatlar 0,3 foizga oshgan.
Umumiy hisobda, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 2,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foiz, xizmatlar 0,6 foizga oshdi.
2020 yilning fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,3 foizga ko‘tarildi yoki o‘tgan oydagi mos ko‘rsatkichga nisbatan 0,3 darajaga yuqori bo‘ldi.
Kuzatilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida oy davomida meva-sabzavotlar (3,2 foiz), go‘sht, parranda go‘shti va baliq (1,9 foiz), non mahsulotlari hamda spirtli ichimliklar (0,8 foizdan), 2019- yilning oxiriga nisbatan esa meva-sabzavotlar (7,2 foiz), shuningdek, go‘sht, parranda go‘shti va baliq (2,3 foiz) mahsulotlari narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi