2 871
Bojxonachilar 7 bosh maymunning mamlakatdan yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
O‘z manfaatlarini barcha narsadan ustun qo‘yib, bojxona qoidalarini buzishga urinayotgan shaxslarning qilmishlari o‘z vaqtida fosh etilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga o‘zining “Leksus RX 330” avtoulovida chiqib ketayotgan fuqaro B.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu fuqaro o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, avtomashinada bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 100 million so‘mlik bir bosh “Oqpanja gibbon” va olti bosh “Yavana makakasi” turidagi maymunlar borligi aniqlandi.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Hozirda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan maymunlarning sog‘ligi veterinar-shifokorlar nazoratida bo‘lib, yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 408-sonli Qonuni talablariga muvofiq, hayvonot dunyosi obektlarini olib kirish va olib chiqish belgilangan tartibda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi