21:05 / 02.03.2020
3 659

Prezident 1 apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi

Prezident 1 apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ‘Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili’da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Prezident farmonida belgilanishicha, 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartib joriy etiladi.

Ayni vaqtda, O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi va respublikaning boshqa hududlarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan Toshkentda yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilinadi.

Prezident Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarga 1 aprelga qadar ushbu ko‘rsatmalar bajaralishini nazarda tutuvchi hujjat loyihalarini ishlab chiqish haqida topshiriq bergan.

Farmonda alohida ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar «keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda» amalga oshirilmoqda; ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirish haqidagi taklif, qayd etilishicha, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlagan edi:
«Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi — ichki migratsiyani erkinlashtirishdir. Shu bois, parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident 1 apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi