
Joriy yilning 1 mart kuni soat 23:30 larda Toshkent shahar YPX inspektorlari N.Jumanazarov va A.Almenqulovlar Bunyodkor-Cho‘lponota ko‘chalari ustidan o‘tgan Ko‘prikda “Yo‘l harakati qoidalari”ning 1.1 yo‘l chizig‘ini bosib harakatlanib kelgan oq rangli “Spark” haydovchisini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatishgan.
“Spark” rusumli avtomashina haydovchisi O.M. avval avtomashinasini to‘xtatib, keyin YPX inspektorlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmay orqaga qarab haydagan. Haydovchi shubha uyg‘otganligi sababli YPX inspektorlar qoidabuzar haydovchini kuzatib borishgan.
Haydovchi “Bunyodkor” ko‘chasining qarama-qarshi tomoniga avtomashinasining orqa tomoni bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.
Ushbu holatni ko‘rgan YPX inspektorlari voqea joyiga yetib borganlar va YTH yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib qonuniy chora ko‘rilgan. “Spark” rusumli transport vositasi o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar