17:53 / 03.03.2020
2 539

Asakada 96 mln. so‘mlik elektr sarfi yashirib kelingani aniqlandi

Asakada 96 mln. so‘mlik elektr sarfi yashirib kelingani aniqlandi
Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining hududda faoliyat olib borayotgan yuridik iste’molchilarning energiya sarfi miqdorini kam ko‘rsatib kelayotganlik holati aniqlandi.

Xususan, Asaka tumanida joylashgan shifoxonada o‘rnatilgan elektr hisoblagich 30/5 tok transformatorlari, 360 koeffitsiyent orqali yuqori kuchlanish (6kV) tomonga o‘rnatilgan bo‘lsada, tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan tok transformatorining koeffitsiyenti “Elektrhisob” dasturidan sun’iy ravishda o‘zgartirilib, hisob varaqalari soxtalashtirilgan va elektr energiyasi hisobi kamaytirilgan.
Natijada, shifoxonaning amalda sarflangan energiyasi 43 mln. 748 ming 420 so‘m miqdorida kam hisoblangan.

Bundan tashqari, 2017 yil dekabr oyidan 2019 yil sentabr oyiga qadar yakka tartibdagi tadbirkor F.G‘.ga tegishli paxta otish sexining tok transformatorlari koeffitsiyentlari asossiz kamaytirib hisoblanib, 53 mln. 54 ming 512 so‘mlik elektr energiyasi noto‘g‘ri hisob-kitob qilingani natijasida tadbirkorga to‘lash uchun hisob yozilmagan. Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ning 44, 45, 71-bandlari talablari buzilgan.

Hozirda davlat manfaatlariga jami 96 mln. 802 ming 932 so‘m zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan Byuroning Asaka tuman bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asakada 96 mln. so‘mlik elektr sarfi yashirib kelingani aniqlandi