15:57 / 04.03.2020
2 879

G‘isht ishlab chiqarish korxonasidagi qing‘irlik uzoqqa bormadi

G‘isht ishlab chiqarish korxonasidagi qing‘irlik uzoqqa bormadi
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tumandagi tosh maydalash va g‘isht ishlab chiqarish ob’ektlarida elektr energiyasidan foydalanilishining qonuniyligi hamda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilganda O.D.Abdullayev va R.U.Xusanovlar tomonidan elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, majburiy ijro byurosi va ta’minotchi korxona vakillarining ishtirokisiz o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagich uskunasi o‘rnatib olib, Byuroning belgilangan namunadagi plombalari qo‘yilmagan hisoblagich orqali ruxsatsiz elektr energiyasidan foydalanib kelishi oqibatida, Oltiariq tuman elektr ta’minoti korxonasiga 23.373,5 ming so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.

O‘tkazilgan tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida tuman elektr ta’minoti korxonasiga 23.373,5 ming so‘m miqdorida yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.
O‘zbekiston Respublikasi JK 1852-moddasi 6-qismida birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holatda yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi sababli MIB Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan O.D.Abdullayev va R.U.Xusanovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘isht ishlab chiqarish korxonasidagi qing‘irlik uzoqqa bormadi