09:57 / 07.03.2020
3 184

Quva tumani sud raislari, prokuror va profilaktika inspektorlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi

Quva tumani sud raislari, prokuror va profilaktika inspektorlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 12 fevral kuni “Mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikni oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektr yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Videoselektr yig‘ilishida profilaktika inspektorlarining ovoragarchiliklari, ular vaqtlarini jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha emas balki, odam tashib, vaqtlarini behuda o‘tkazayotganliklari haqida haqli e’tirozlar bildirgan edi.

Yuqoridagi e’tirozlardan kelib chiqib, 2020 yil 6 mart kuni Quva tuman ma’muriy va jinoyat sudlari, Quva tuman prokurori, Quva tuman IIB boshlig‘i, XOOB profilaktika inspektorlari o‘rtasida jinoyat va ma’muriy ish materiallarini rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan, shuningdek amaliyotda ko‘p uchrayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashilindi.

Shuningdek kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha tegishli tartibda ish rejasi tasdiqlanib, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha barcha davlat organlari bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, Quva tuman ma’muriy sudi raisi tomonidan yig‘ilishda korrupsiyani mazmun mohiyati, uni oldini olish va uning jamiyat uchun xavfli oqibatlari haqida tegishli tushuntirishlar berildi. Yig‘ilishda IIB profilaktika inspektorlari va sudlar materiallarni sudga topshirishda, profilaktika inspektorlarini behuda vaqtini sudda o‘tkazmaslik, aksincha, jamiyat uchun, fuqarolar uchun ta’sir kuchiga ega bo‘lgan huquqbuzarliklarni profilaktika inspektori binosida yoki o‘sha mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Ushbu ochiq muloqotda profilaktika inspektorlari amaliyotda uchrayotgan muammolar bo‘yicha savollariga tegishli tavsiyalar va javoblar olishdi.

Quva tuman ma’muriy
sudining raisi
A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quva tumani sud raislari, prokuror va profilaktika inspektorlari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi