2 303
BAA aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay va Sharjadan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Joriy yilning 4-5 mart kunlari Dubay shahrida (BAA) ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar o‘rtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va BAA aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Transport vazirligiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi shartnomaviy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yo‘nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Respublikasi va BAA shaharlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar Amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli bayonnomani imzoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi