"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi:
quyidagi mazmundagi 185-2 va 185-3-moddalar bilan to‘ldiriladi:
“185-2-modda. Sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish
Kasbiy yoki sport faoliyati yoxud maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni jamoat joylarida olib yurish - sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni olib yurish - sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
185-3-modda. Sovuq qurollarning qonunga hilof muomalasi
Tig‘ining yoki keskichining (damining) uzunligi to‘qson millimetrdan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqariladigan va mahkamlanadigan yoxud og‘irlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda o‘rnashadigan tig‘li sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qo‘llash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi ta’sirga ega ashyolarning (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglar va boshqa ashyolarning) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish - sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi