Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutka ichida COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq yangi holat o‘tgan kunga nisbatan ikki baravar ko‘payib, mamlakatda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 7382 kishiga, qurbonlar soni esa 60 kishiga yetdi, deb yozmoqda «RBK». Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lum qilgan.
Avvalroq qurbonlar soni 51 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi. Janubiy Koreya hukumati epidemiologik xavf darajasini eng yuqori ko‘rsatkichgacha oshirgan. Barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi 23 martgacha bekor qilingan.
KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, 41 nafar bemor sog‘ayib, uyiga javob berilgan (jami sog‘ayganlar soni 288 kishiga yetgan). Yana 18 540 kishining tahlillari hali o‘rganilmoqda.
Koronavirusni yuqtirib olganlarning 193 nafari Seul, 5794 nafari Tegu, 1135 nafari Kyonsan-Pukto provinsiyasi, yana 175 nafari esa Kyongidoda. Pusanda 98 ta holat qayd etilgan. Qayd etishlaricha, Janubiy Koreyadagi koronavirus bemorlarining kamida 4,7 ming nafari (62,7 foizi) Sinchonji sektasiga aloqador odamlardir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi