22:53 / 13.03.2020
3 260

Mirazizbek Mirzahalilovga avtomobil berildi

Mirazizbek Mirzahalilovga avtomobil berildi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Iordaniyaning Amman shahri boks bo‘yicha Tokio-2020 olimpiadasiga litsenzion turnirga mezbonlik qilganidan xabaringiz bor. Unda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan uch nafari oltin medalga sazovor bo‘ldi. Mirazizbek Mirzahalilov, Elnur Abduraimov hamda Bahodir Jalolovlar o‘z vazn toifalarida tengsiz ekanligini isbotlashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oltin medalni qo‘lga kiritgan Mirazizbek Mirzahalilov Farg‘onada katta tantana bilan kutib olindi. Mirazizbekka viloyat hokimi Nexia-3 avtomobilini topshirdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozim, 2019 yilning sentabr oyida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida Mirazizbek oltin medaliga sazovor bo‘lib qaytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirazizbek Mirzahalilovga avtomobil berildi