Foto: Qashqadaryo IIB
Qashqadaryoda 1000 dollar pora olmagan IIB xodimiga 15 million so‘m pul mukofoti berildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ma’lum qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Kasbi tumani «Xo‘jaxayron» mahallasida yashovchi 34 yoshli fuqaro S.X. yashash uyining somonxonasiga qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasini o‘rnatib, paxta chigitidan noqonuniy yog‘ va shrot yemi ishlab chiqargan. Mazkur noqonuniy holat IIB xodimlari tomonidan aniqlangach, S.X. o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik va jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilishni so‘raydi va tuman IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Alisher Muhammadiyevga 1000 dollar pora taklif qiladi.
Foto: Qashqadaryo IIB
Xodim 2020 yil 3 fevral kuni bu haqda tuman IIB boshlig‘iga ma’lum qilgach, bildirgiga asosan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Shu kuni soat 21:35 da IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kasbi tumani bo‘limi va Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. kelishilgan pulning 7,5 million so‘m va 200 dollarini berayotgan vaqtida qo‘lga olinadi. Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari yakunlanib, ish sudga oshirilgan.
«Kasbi tumani IIB xodimining ushbu xatti-harakati Qashqadaryo IIB boshlig‘i e’tiboridan chetda qolmagan holda xodimga 15 million so‘m pul mukofoti berildi», — deydi Iroda Rasulova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi