Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan karantin qoidalarini mensimaslik yoki uni buzganlik uchun ko‘riladigan choralar qat’iylashtiriladi.
Prezident Bosh prokurorga bu borada tegishli topshiriqlar bergan, deb ma’lum qilindi bugun Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan, karantinli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun belgilangan majburiy qoidalarni buzish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Koronavirus aniqlangan dastlabki bemor Toshkentga 11 mart kuni Parijdan uchib kelgan bo‘lib, hozirda reysning 20dan ortiq boshqa yo‘lovchilari, bemorning oila a’zolari va u muloqotda bo‘lgan o‘nlab fuqarolar – jami 150 nafarga yaqin kishi izolyatsiyaga olingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 16 martdan boshlab barcha aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Endilikda O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlarda qolgan o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun charter reyslar tashkil etilishi mumkin, xorijdan qaytarilganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi