22:24 / 15.03.2020
3 954

Abdulla Aripov: «Bunaqa holatda hazil ketmaydi»

Abdulla Aripov: «Bunaqa holatda hazil ketmaydi»
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov OAVni koronavirus tarqalishi bo‘yicha asossiz xabarlar tarqatmaslik xususida ogohlantirdi. Hukumat rahbari zarurat tug‘ilgan taqdirda efirga chiqishni taqiqlashdan tortib, internetni o‘chirishgacha qat’iy choralar ko‘rilishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Hech qanday vahimaga o‘rin yo‘q. Har kuni savollarga javoblar beriladi, matbuot anjumanlari o‘tkaziladi.
Hozir respublika bo‘yicha favqulodda holatga o‘xshash holat e’lon qilinyapti.

Lekin ogohlantiraman, biror OAV o‘zbilarmonlik bilan chaqiruvlar, odamlarga vahima solish maqsadida ma’lumot tarqatsa, o‘zicha hazil qilmoqchi edim deb, keyin yig‘lab o‘tiradiganlar bor, shundaylar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qonunda yetarli moddalar bor.

Aniqlab, topib, ushlab, qulog‘idan tortib oftobga olib chiqishning muammosi yo‘q. Majbur qilmanglar texnik choralar ko‘rishga.
Kerak bo‘lsa umuman efirga chiqmaydiganam qilib qo‘yamiz. Internet tarmog‘idanam, boshqa tarmoqdanam o‘chirishimiz mumkin. Texnik vositalarimiz yetarli», dedi bosh vazir.

Bosh vazir avtomobillar narxni oshirilganiga qarshi namoyish o‘tkazishga chaqirgan shaxsning xatti-harakatlariga izoh berdi. Shuningdek, OAV vakillariga ham xabar tarqatishda hazillashish kerak emasligini uqtirdi.

«Kecha bitta mo‘mintoy avtomobil narxlari bo‘yicha darrov odamlarga vahima solib, hammani soat 12 yarimda yig‘ilishga chaqirgan ekan.
Mana, kechasi bilan o‘tirib, tavba qildim, deb, boshqa qildim, deb, «Hazillashgandim», deb o‘tiribdi…

Senga hazillashishga chiqarib qo‘yibdimi qonunlarni? Hozir endi qonun oldida javob beradi u.
Boshqalarni qo‘rqitish bilan, boshqalarga qo‘rquv solish bilan har xil ma’lumotni tarqatmoqchi bo‘layotganlar, qo‘linglardagi bu ommaviy axborot vositasi qanday kuchga ega ekanligini bilgan biladi, bilmagan bilmaydi.

Shu bilan birga, buni ishlatishning juda katta, og‘ir mas’uliyati bor. Ko‘targan odam qilishi kerak. Bunaqa holatda hazil ketmaydi», dedi hukumat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulla Aripov: «Bunaqa holatda hazil ketmaydi»