date
views 4 567

Vazir: Koronavirusga chalingan ayolning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilmagan

Vazir: Koronavirusga chalingan ayolning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilmagan
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda ilk koronavirusga chalingan bemorning holati haqida xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart sanasida Fransiyadan qaytgan ayolda koronavirus alomatlari aniqlangani xabar qilingan edi.

«Ushbu kasallik aniqlangan fuqaro — Toshkent shahridan. U Fransiyaga borgan va qaytib kelgach, kasallik aniqlangan.
U ikki marotaba tekshiruvdan o‘tkazildi va laborator usulda tasdiqlandi. Shundan so‘ng uning 10 nafar oila a’zolari virusologiya institutining maxsus izolyatorlariga yotqizildi.

Bundan tashqari, fuqaro bilan samolyotda birga uchgan, undan keyingi — ish joyida muloqotda bo‘lganlarning barchasini karantinga olish ishlari davom etyapti. Ya’ni, biz kasallik yuqishi mumkin bo‘lganlarni izolyatsiya qilish choralarini ko‘ryapmiz.

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilgani yo‘q. Faqatgina tomog‘ida ozgina qichishish belgilari bor», — dedi Shodmonov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir: Koronavirusga chalingan ayolning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilmagan