12:50 / 21.03.2020
44 570

Mashhur bashoratchi Vanganing 2020-yil uchun bashorati...

Mashhur bashoratchi Vanganing 2020-yil uchun bashorati...

Vangeliya Pandeva Gushterova (Vanga) dunyoga mashhur bo‘lgan bashoratchi. U 1911 yil 31 yanvar kuni Makedoniyaning Strumitsa shaharchasida, dehqon oilasida dunyoga kelgan. Vanga 12 yoshligida changli girdobda qolib ketadi va og‘ir jarohat oladi. Oqibatda uning ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi. Baxtsiz hodisadan so‘ng u bashorat qilish xususiyatiga ega bo‘la boshlaydi. Vanga Ikkinchi jahon urushi yillari jang maydonlaridan kimlar omon qaytishini aniq bashorat qilib, keng ommaga tanildi.

Shuningdek, bashoratchi dunyo hayotiga oid ko‘plab bashoratlar qildi. U o‘z davrining yetuk shaxslari - siyosatchilar, yozuvchilar, faylasuflar bilan uchrashdi. Tadqiqotchilar uning bashoratlari 85 foiz aniqlik bilan sodir bo‘lishini aniqlashdi. Bunday ko‘rsatkich juda yuqori hisoblanadi va Vangani buyuk bashoratchilar safidan mustahkam joy egallashiga sabab bo‘ldi.

Vanganing amalga oshgan ayrim bashoratlari:
- 2001 yilda AQSHdagi egizak binolarga uyushtirilgan terrorchilik hujumi;
- Sobiq ittifoq tuzumining qulashi;
- Ikkinchi jahon urushida Germaniyaning mag‘lubiyati;
- Chernobil (Ukraina - 1986 yil) AESida sodir bo‘lgan halokat;
- Indira Gandining (31 oktabr, 1984 yil) suiqasd oqibatida o‘ldirilishi;
- AQSH prezidenti Jonn Kennedining (22 noyabr, 1963 yil) suiqasd oqibatida o‘ldirilishi;
- Muammar Kaddafi hukumatining ag‘darilishi;
- Chechen urushining yakuni;
- Sobiq ittifoq rahbari Leonid Brejnev vafotining aniq sanasi;
- O‘z vafotining aniq sanasi.

Bolgariyalik buyuk bashoratchi Vanga olamdan o‘tganiga 23 yil bo‘ldi. Ammo u aytib ketgan bashoratlar ketma-ket o‘z isbotini topmoqda. Vanga 2020 yili dunyo ahlini qanday hayot kutishini ham albatta bashorat qilgan. Vanga aytgandiki, 2020 yil moliyaviy inqiroz bilan boshlanarkan. Ko‘plab davlatlar inqiroz tufayli jiddiy aziyat chekadi.

Bundan tashqari, yer yuzida tabiiy ofatlar ham ko‘p marotaba kuzatiladi. Bunga quyoshdagi faollashuv sabab bo‘larkan. — Vaqt keladi, — degandi Vanga. — Quyosh nur sochishda davom etadi. Lekin issiqlik bermaydi… Vaholanki, bu haqda hozirgi kunda NASA olimlari ham aytishmoqda.

Vanganing bashoratiga ko‘ra, G‘arbiy Yevropada diniy masalada katta janjallar, to‘qnashuvlar sodir bo‘ladi. Tartibsizliklar, to‘qnashuvlar bir necha yil davom etadi. 2020 yil oxiriga borib Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga yechim topiladi.
— 2020 yili Rossiyani qurg‘oqchilik zabtiga oladi, — degandi Vanga. — Ammo Xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonadi. Xitoy, Hindiston, Rossiya ittifoqi tuziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhur bashoratchi Vanganing 2020-yil uchun bashorati...