
Oziq-ovqat sanoatida 12 mingdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ushbu korxonalar o‘z rejimida ishlamoqda, deb xabar berdi “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, korxonalarning aksariyatida ish 1 smenada tashkil etilgan va quvvatlarning 70 foizidan foydalanilmoqda. Ularda yana qo‘shimcha 30 foiz quvvatni ishga solish va ishni 2 smenada yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjud ekani aytiladi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlari mahalliylashtirilgan. Deyarli barcha xom ashyo yurtimizda yetishtiriladi. Chetdan kakao va qahva donlari, sitrus mevalar kabi mahsulotlar import qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar