
Majburiy ijro byurosining Uchko‘prik tuman bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat “Suvoqava” DUK Uchko‘prik tuman filiali tomonidan foydalanilayotgan “Istiqbol”, “Yakkatut”, “Yangiyo‘l” MFY hududlarida joylashgan suv inshootlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori ijrosi va to‘lov intizomiga rioya etilishi ahvoli o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, filial muhandis-energetigi Shuxrat Mavlonov “Istiqbol”, “Yakkatut” va “Yangiyo‘l” MFY hududlaridagi suv inshootlariga o‘rnatilgan suv nasoslarining barchasini hech qanday qonuniy asoslarsiz elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulab qo‘yib foydalanib kelgan. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra mazkur noqonuniy harakat tufayli davlat manfaatlariga 46 mln. 915 ming so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Byuroning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari boshlanib, Suvoqava xodimi Sh.Mavlonovga O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasiga muvofiq o‘zining jinoiy harakatlari tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun bir oylik ixtiyoriy muddat berilgan hamda shu muddat davomida zarar to‘liq undirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar