10:57 / 17.03.2020
2 612

Transport vazirligi: Toshkent shahri bilan qatnovlar cheklanmaydi

Transport vazirligi: Toshkent shahri bilan qatnovlar cheklanmaydi
O‘zbekiston hukumati topshirig‘iga binoan, joriy yil 16 martdan barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasalarida muddatdan oldin ta’til e’lon qilindi va o‘qishlar to‘xtatildi.

Buning natijasida doimiy yashash manzili bo‘yicha Toshkent shahridan viloyatlarga chiqib ketayotgan yo‘lovchilar oqimi bir necha barobarga ortib ketishi natijasida temir yo‘l vokzallari hamda avtovokzallar ayni damda har doimgidan ko‘ra gavjum, deb xabar berdi Transport vazirligi.

Qayd etilishicha, bu kabi vaziyat ayrim shaxslar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda tez orada Toshkent shahri bilan viloyatlar o‘rtasidagi barcha qatnovlar to‘xtatiladi, shuning uchun fuqarolar doimiy yashash manzillariga chiqarib yuborilmoqda mazmunidagi haqiqatdan yiroq bo‘lgan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

“Bu kabi ma’lumotlar mutlaqo asossiz bo‘lib, Toshkent shahri bilan shaharlaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan barcha avia, temir yo‘l, avtomobil tashuvlari uzluksiz ravishda davom ettirilishini ma’lum qilamiz”, - deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transport vazirligi: Toshkent shahri bilan qatnovlar cheklanmaydi