14:50 / 18.03.2020
4 923

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi
Turkiyadan kelgan bemorning turmush o‘rtog‘ida hamda shu kunlarda Londondan kelgan yana bir o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
«Bundan bir muddat oldin Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning turmush o‘rtog‘ida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.
Shu bilan birga, Londonda bo‘lib qaytgan yana bir mamlakatimiz fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bunday bemorlar soni 15 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonga koronavirus to‘rtta reys orqali kirib keldi:
Birinchisi, 11 mart kuni Parij-Toshkent reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol O‘zbekistonda o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi va qarindoshiga virus yuqtirib ulgurdi (6 bemor).
Ikkinchisi, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys (5 bemor).
Uchinchisi, 14 mart kuni London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys (3 bemor).
To‘rtinchisi, Dubay–Toshkent yo‘nalishidagi reys (1 bemor).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi