20:55 / 19.03.2020
4 129

Toshkent viloyatida karantinga olinganlar sharoiti haqida ma’lumot berildi (video)

Toshkent viloyatida karantinga olinganlar sharoiti haqida ma’lumot berildi (video)
18 mart kuni Bo‘stonliq tumanidagi «Sokol» oromgohiga Rossiyadan O‘zbekistonga qaytgan 528 nafar fuqaro to‘liq tekshiruvdan so‘ng karantinga olindi.

Ayni paytda barcha fuqarolardan koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun surtmalar olingan, kasallikka gumon qilinganlar hozircha yo‘q, deya xabar qilmoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, kardiolog va xotin-qizlar uchun akusher-ginekolog ko‘rigi ham tashkil etildi. Yuqori malakali infeksionist, epidemiolog hamda dezinfektorlar safarbar etilgan.

Ayni paytda viloyatning «Chotqol», «Bo‘ston», «Energetiklar» sihatgohida ham chet davlatlardan yurtimizga qaytgan fuqarolar belgilangan tartibda karantinda bo‘lib turishibdi.

Mobil aloqa xizmatidan to‘la foydalanishi uchun qo‘shimcha ravishda antennalar ham qo‘yildi. Sport bilan shug‘ulalnish uchun maydonlar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida karantinga olinganlar sharoiti haqida ma’lumot berildi (video)