22 martdan Toshkentdagi barcha jamoat transportlari (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatilishi e’lon qilingandi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimining yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlariga murojaati e’lon qilindi.
22 martdan Toshkent shahrida faqat yengil avtomobillar, ya’ni dezinfeksiya qilingan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashilishiga ruxsat berildi.
Shu bois qonuniy tarzda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinalarni poytaxtdagi 8 ta avtobus saroyida Toshkent shahar Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan hech qanday to‘lovsiz dezinfeksiyadan o‘tkazishlari mumkin.
Yo‘lovchi tashishga Toshkent shahar SEOM nazoratidan o‘tmasdan va avtomashinasini dezinfeksiyadan o‘tkazmasdan chiqqan haydovchilarga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
Shu bilan birga barcha taksi egalaridan yo‘l haqini oshirib yubormasdan, mo‘’tadil ushlab turish so‘raladi.
Shuningdek, barcha hamshaharlarimizni poytaxtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlab, tavsiyalarni amalga oshirishga yakdillik bilan munosabatda bo‘lishga chorlab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi