20:02 / 22.03.2020
5 309

Koronavirus bemorlari qanday dorilar bilan davolanyapti?

Koronavirus bemorlari qanday dorilar bilan davolanyapti?
O‘zbekiston Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov Ukrainada koronavirusga qarshi ta’sir kuchiga ega preparat yaratilgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.

«Nafaqat Ukrainada, balki butun dunyoda virusga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan hech qanday vosita aniqlanmagan. Shunchaki, virusologik kasalliklarga qarshi kurashda yordam beradigan va immunitetni oshiradigan boshqa dorilar yaxshi yordam bermoqda.

Xitoy tajribasidan kelib chiqib, yaxshi samara beradigan dori vositalari, standartlar joriy qilinyapti. O‘zbekiston tibbiyot olimlari ham Xitoy tajribasidan foydalangan holda davolash standartlarini yaratishgan. Bugungi kunda qayd etilgan bemorlar o‘sha standartlar asosida davolanmoqda», deydi Almatov.

O‘zbekistonning bosh sanitariya vrachi koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichlari haqida ham ma’lumot berdi.
«Koronavirusdan kelib chiqayotgan o‘lim ko‘rsatkichlari dunyoda 3 foizdan 7 foizgacha. Bu ko‘rsatkichlar o‘sha davlatda kasallikning tarqalganlik darajasiga bog‘liq.

Virusning L, C formalari bor. O‘lim darajasi shu formalar va bemorning immuniteti, uning umumiy holati va yoshi, yashash sharoitlariga bevosita bog‘liq.
93 foizgacha kasallikdan sog‘ayish kutiladi. O‘lim holati maksimum 7 foizgacha. Hozirgacha kasallanganlarning 60 foizidan ortig‘i sog‘aygan», dedi Bahrom Almatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bemorlari qanday dorilar bilan davolanyapti?