Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Qodirov yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari tiklanishini ma’lum qildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maxsus shtabida tashkil etilgan brifingda karantin davrida aholi xavfsizligini ta’minlashda yuzaga keladigan qator masalalar yuzasidan savollarga javoblar berildi.
«Karantin davrida viloyatlarda ilgari faoliyat yuritgan yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari vaqtincha faoliyat olib boradi.
Yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida bu chorani qo‘llaymiz. Shu maqsadda viloyatlararo yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari faoliyati vaqtinchalik tiklanadi.
Ularning vazifasi Toshkent shahriga kirib kelayotgan avtomobil haydovchilariga harakat cheklangani haqida (yangiliklardan bexabar bo‘lsa) axborot berishdir. Har bir viloyatdagi yo‘l harakati xavfsizligi maskanlarida ogohlantiruv va ma’lumot berish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.
Maskanlarda Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlari birga hamkorlikda xizmat olib borishadi», deydi vazir o‘rinbosari Doniyor Qodirov. Transport vazirligi 23 mart kuni Toshkent shahriga kirish va chiqish ëpilishini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi