18:53 / 23.03.2020
3 180

Toshkent shahridagi barcha buyum bozorlari va savdo komplekslari faoliyati to‘xtatiladi

Toshkent shahridagi barcha buyum bozorlari va savdo komplekslari faoliyati to‘xtatiladi
2020 yil 24 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat’iy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi, ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.

Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, ya’ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etildi.

Toshkent shahar hokimligining eslatishicha, karantin talablarini buzganlik uchun qonunda belgilangan choralar ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahridagi barcha buyum bozorlari va savdo komplekslari faoliyati to‘xtatiladi