Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati viloyat hududida hamshira koronavirus yuqtirib olgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq aynan hokimlikning koronavirus tarqalishiga qarshi ishlar to‘g‘risidagi 23 martdagi dastlabki rasmiy ma’lumotida hozirgacha viloyatda to‘qqiz kishida koronavirus aniqlangani, bemorlarning to‘qqizinchisi hamshira ekanligi ma’lum qilingan edi.
Keyinchalik bu xabar rad etildi: «Toshkent viloyatida hamshira koronavirusni yuqtirib olgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi, bu mazmundagi xabarlar yolg‘on. Hurmatli bloger va jurnalistlar, yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘raymiz hamda ayni mazmundagi xabarlarni tarqatmasligingizni iltimos qilamiz.
To‘qqizinchi bemor hamshira ekani haqidagi axborot manbasi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bo‘lib, ular texnik xatoga yo‘l qo‘ygan. Ayni vaqtda to‘qqizinchi bemorga oid yangi tafsilotlar ma’lum qilinmagan». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi