24 mart kunidan boshlab, Toshkent shahriga har qanday transport vositasida kirish va chiqish to‘xtatildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan Toshkent shahriga yuk tashish maqsadida kirish va chiqishga cheklov bo‘lmaydi, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar hamda chet el fuqarolari o‘zlarining shaxsiy transport vositalarida Toshkent shahriga kirishlari mumkin. Biroq Toshkent shahridan chiqish uchun cheklov o‘rnatiladi; piyodalar uchun Toshkent shahriga kirish va chiqishga to‘siq qo‘yilmaydi.
Kun.uz muxbiri vodiy viloyatlaridan poytaxtga asosiy kirish yo‘lida Toshkentni karantinga olinishini kuzatdi. Ushbu ishlarga Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov hamda Milliy Gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev boshchilik qildi.
Ushbu tadbir koronavirus xavfini pasaytirish, uning boshqa hududlarga tarqalishining oldini olish maqsadida bajarildi. Shu tufayli ichki ishlar va ularga hamrohlik qiluvchi gvardiyachilar har bir yo‘lovchiga, avvalo, insoniy haq-huquqlar yuzasidan muomala qildi. Kuzatuvlarda yo‘l patrul posti tungi 0.01da emas, balki undan sal kech yopilgani aniqlandi.
boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yo‘l orqali) 24 martdan boshlab to‘xtatiladi. Quyidagi hollar bundan mustasno:
- Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar;
- Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari xodimlari (nodavlat tashkilotlarda – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida);
- yuk tashish bilan bog‘liq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi.
Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?