Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda “Uzreport” telekanali orqali Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali brifing o‘tkazildi.
Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda dastlabki qayd etilgan bemor haqida ma’lumot berdi:
– Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni o‘z xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan. O‘sha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etildi. U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shaxsiy avtomobilida ham oila a’zolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar xodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan.
Bu zanjir davom etadi. O‘sha muloqotda bo‘lganlar ham o‘z navbatida oila a’zolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, do‘kon, sartaroshlarga kiradilar.
Ya’ni bu o‘rinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin – dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.
Brifing davomida Bahrom Almatov 24 mart sanasi soat 12:00 holatiga O‘zbekistonda 49 nafar koronavirusga chalingan bemor qayd etilganini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi