15:30 / 24.03.2020
6 646

Buxoroda harakatlanib ketayotgan «Nexia-3» portlab ketdi (foto)

Buxoroda harakatlanib ketayotgan «Nexia-3» portlab ketdi (foto)
Buxoroda katta yo‘lda harakatlanib ketayotgan «Nexia-3» rusumli avtomashina portladi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, shu yilning 20 mart kuni soat 17:20 larda fuqaro I.N. (1970 y.t., sudlanmagan, shifokor) o‘z boshqaruvidagi «Nexia-3»ga Buxoro shahri Gazlishoh ko‘chasidagi «Yevro Metan» gaz quyish shaxobchasidan yoqilg‘i (metan) quyadi. So‘ng taxminan 1.500 metr masofa harakatlanib, «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov» yo‘nalishining 223 km.ga yetganida avtomashinadagi gaz balloni portlab ketadi. Buning oqibatida mashinada bo‘lgan uch fuqaro - bir nafari (1970 y.t. ayol) hodisa joyida, ikki nafari (ona-bola) esa shifoxonada vafot etadi.


Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi («Iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish») 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda harakatlanib ketayotgan «Nexia-3» portlab ketdi (foto)