Foto: Prezident matbuot xizmati
Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodadan qutlov keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Maktubda, xususan, shunday deyilgan:
«Biz uchun yorqin va qadrli Navro‘z ayyomi munosabati bilan Siz va qardosh O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni bildiraman.
Muhtaram Shavkat Miromonovich! Bu bayram menga dilimdagi so‘zlarni yana bir bor Sizga yetkazish, har bir oilaga tinchlik va farovonlik, butun O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilash imkoniyatini taqdim etganidan mamnunman. Men shaxsingizni yuksak qadrlayman, Siz, Janobi Oliylarining tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ma’naviy ildizlari mushtarak bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dono maslahatlaringiz va fikr-mulohazalaringizga ulkan ahamiyat qarataman.
Shu kunlarda Siz, Janobi Oliylari - O‘zbekistonning atoqli farzandiga eng ezgu tilaklar bildirib, Sizga Yaratganning rahmat va marhamatlari yog‘ilishini, Alloh taolo muvaffaqiyatlaringizni ziyoda qilishini, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman.» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi