Foto: Daryo
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 24 mart kunidan boshlab «Darband» muntazam yo‘l-patrul maskanining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuningdek, viloyatda 23 mart kunidan boshlab yo‘nalishli yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
«Viloyatimiz hududida ayni vaqtda bo‘lib turgan boshqa viloyatdan tashrif buyurgan fuqarolarimizning yashash manzillariga yetib olishlari va yuk transport vositalarining harakatlanishlari bundan mustasnodir», — deyiladi murojaatda.
YHXB mavjud karantin qoidalarini buzgan fuqarolar dastlab ma’muriy, so‘ngra jinoyat javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘rilishini eslatib o‘tgan. Fuqarolardan zarur bo‘lmagan hollarda ko‘chaga chiqmaslik, yo‘nalishsiz taksilardan narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik so‘ralgan.
Avvalroq Namangan shahriga 26 martdan boshlab kirish-chiqish, shuningdek, 6 viloyat aholisini Toshkentga olib boruvchi Samarqand postlarida kirib-chiqish to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi