17:22 / 26.03.2020
3 316

Surxondaryo viloyatiga avtomashinalar kirishi vaqtincha to‘xtatildi

Surxondaryo viloyatiga avtomashinalar kirishi vaqtincha to‘xtatildi
Koronavirus epidemiyasi tufayli Surxondaryo viloyatiga ham boshqa hududlardan yengil avtomashinalar va yo‘lovchi tashuvchi transportlarning kirishi noma’lum muddatga cheklandi. Bu haqda Surxondaryo viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Abror Choriyev ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, viloyat hududida koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishining oldini olish maqsadida «Darband» muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanida 24 mart kunidan boshlab avtotransport vositalarining viloyat hududiga kiritilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo viloyatiga avtomashinalar kirishi vaqtincha to‘xtatildi