6 320
O‘zbekistonda bir kunda 15 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar 75 nafarga yetdi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 10taga oshib, 75 nafarni tashkil etmoqda.
Bu haqda ma’lum qilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamlardan boshqa ma’lumotlarni ochiqlamagan.
Shu tariqa, 26 mart davomida O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 15 nafarga oshdi.
Zararlanganlarning 11 nafari tibbiyot xodimlari ekani ma’lum qilingan.
Tushdan keyin zotiljam alomatlari kuzatilayotgan bemorlar soni 13 nafar ekani, 4 bemor og‘ir ahvoldaligi haqida xabar berilgan edi.
Toshkent va Namangan shaharlaridan so‘ng, kun davomida Samarqand, Buxoro, Andijon, Guliston shaharlari va Surxondaryo viloyatiga kirish-chiqish cheklovlari e’lon qilindi.
Ayni paytga kelib, jahonda COVID-19`ga chalinganlar soni 520 mingdan ortdi. 23600dan ziyod kishi vafot etdi, 123 mingdan ortiq bemor sog‘aydi.
Ayni paytda virusdan eng ko‘p jabr chekayotgan davlatlar (qavs ichida so‘nggi bir sutkada qayd etilgan holatlar):
Xitoy – 81285 bemor (+67), 3287 qurbon (+6)
Italiya – 80589 bemor (+6203), 8215 qurbon (+712)
AQSH – 79082 bemor (+10871), 1143 qurbon (+116)
Ispaniya – 56197 bemor (+6682), 4145 qurbon (+498)
Germaniya – 43646 (+6323), 239 qurbon (+33)
Eron – 29406 bemor (+2389), 2234 qurbon (+157)
Fransiya – 29155 bemor (+3922), 1696 qurbon (+365) “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni