
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi keng miqiyosda tarqalishining oldini olish maqsadida 27 mart, juma kuni soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu cheklov chorasi yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Biroq yuk avtotransport vositalarida hujjatlarda qayd etilmagan shaxslarning harakatlanishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
«Joriy etilayotgan vaqtinchalik cheklov choralarini to‘g‘ri baholagan holda unga so‘zsiz amal qilishingizni so‘rab qolamiz. Zarurat bo‘lmaganda, ko‘chaga chiqmasdan, oila davrasida qolish juda muhimligini eslatib o‘tmoqchimiz», — deyiladi vazirlik axborotida.
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning qo‘shimcha qilishicha, viloyatlararo harakatlanishga nisbatan cheklov choralari nafaqat yengil avtotransport va avtobuslar uchun, balki avia va temir yo‘l qatnovlari uchun ham amal qiladi.
Avvalroq Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish cheklangani, 28 martdan boshlab Qarshi shahriga kirish-chiqish yopilishi haqida xabar berilgan edi. 24 mart kuni Qamchiq dovoni bo‘ylab transport harakati to‘xtatilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar