Iste’mol bozorida narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik to‘g‘risida 23 mingdan ortiq tadbirkordan kafolat xati olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov ma’lum qildi.
Rahimovning aytishicha, karantin e’lon qilingan vaziyatda respublikadagi 215ta dehqon bozori, 167ta savdo majmuasi, dorixonalar, ulgurji savdo bazalari va tovar xomashyo birjalariga prokuratura, departament va soliq idoralarining 2604 nafar xodimi biriktirilgan bo‘lib, kuchaytirilgan rejimda nazorat olib borilmoqda.
«Iste’mol bozorida narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik to‘g‘risida qariyb 40 mingta tushuntirish tadbiri o‘tkazilib, narxlarni oshirmaslik haqida 23 mingdan ortiq tadbirkordan kafolat xatlari olindi», – dedi departament boshlig‘i 28 mart kungi brifingda.
Unga ko‘ra, jami 728ta holatda (undan 102tasi dorixonalar bilan bog‘liq) umumiy qiymati 2 mlrd so‘mga yaqin mahsulotlarni turli manipulyatsiyalar orqali qimmat sotish holatlari aniqlangan bo‘lib, aybdor shaxslarga qonuniy choralar ko‘rilgan.
«Xususan, Toshkent tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida fuqaro A.Sayfudinov davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tegishli hujjatlarsiz 150 mln so‘mlik 10000 dona tibbiy yuz niqobini noqonuniy ravishda sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda», dedi Dilshod Rahimov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi