Foto: «Riadagestan.ru»
Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) mutaxassislarining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda koronaviruslarning bir qancha tiplari mavjud. Yuqori nafas yo‘llarini zararlovchi viruslar ham shular jumlasidan. COVID-19 shtammi yangi bo‘lishiga qaramay, u birinchi navbatda burun bilan tomoqqa «zarba beradi».
Doktor Rishi Desaining so‘zlariga ko‘ra, kasallikning ilk alomatlarini shamollash belgilari bilan adashtirib qo‘yish mumkin. Jumladan, burun bitishi, tumov va tomoqda og‘riq paydo bo‘ladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan alomatlar farq qila boshlaydi. Asosiy alomatlariga yuqori tana harorati, doimiy quruq yo‘tal, nafas siqishi va ko‘krak qafasidagi og‘riq kiradi, deb yozadi «Express»ga tayanib "Xabar" nashri.
Virus qonga tushgach, isitma, tunda ko‘p terlash, lohaslik va charchoq paydo bo‘ladi.
«Ayrim odamlarda alomatlar tanasining faqat bir tomonida, ba’zilarda esa butun organizmida qayd etiladi», — deydi Desai.
Odam organizmining virusga har xil reaksiyasi haqida gap ketganda shifokor immun tizimining o‘ziga xosligini ta’kidlab o‘tdi.
«Buning oqibatida ayrimlar COVID-19 ga o‘ta tajovuzkorona ta’sir ko‘rsatsa, boshqalar esa yo‘q. Alomatlar virus aynan qayerda joylashganiga muvofiq keladi», — deya ta’kidlaydi tibbiyot xodimi.
Koronavirusning boshqa alomatlariga ta’m va hid bilishni yo‘qotish, tana va qorin og‘rig‘i, shuningdek, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kiradi. Ayrim odamlar kasallikni yuqtirgan bo‘lishiga qaramay, hech qanday alomat kuzatilmasligi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda