22:53 / 30.03.2020
4 507

Koreyalik professor O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga kirishdi

Koreyalik professor O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga kirishdi
Professor Soy Chje Uk Foto: SSV
Dunyoda kechayotgan pandemiya xuruj qilayotgan ayni paytda yurtimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun va ertaga qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maslahat olish, hamkorlikda ishni tashkil qilish hamda dunyo va Koreya Respublikasi tajribasi bilan mamlakatimizda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi metodologiyani uyg‘unlashtirish maqsadida xalqaro mutaxassis, Koreya Respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro ekspert sifatida mamlakatimizga taklif etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, Koryo universiteti professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy-tekshirish qo‘mitasi raisi, ushbu assotsiatsiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabi yetakchi maslahatchisi Soy Chje Uk bugundan boshlab yurtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreyalik professor O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga kirishdi