Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari yana bittaga oshgani va jami holatlar soni 150taga yetgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1taga oshib, 150 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiya 1 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. 30 mart kuni jami 10ta holat haqida xabar berildi. Shu vaqtgacha virusdan zararlanganlarning 2 nafari vafot etgan, 7 kishi sog‘ayib ketgan.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda Toshkent shahridan tashqari Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida koronavirus qayd etilgan.
Koronavirus jahon bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda, 30 mart holatiga ko‘ra, virusdan zararlanish holatlari 765 mingdan oshgan. Shundan 37 mingga yaqin kishi vafot etgan, 160 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin