Videodan kadr
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati videomuloqot orqali Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlarning ahvoli, fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.
Bemorlardan biri shifokorlarning juda mas’uliyat bilan to‘g‘ri davolash muolajalarini olib borishayotganini e’tirof etib, kun sayin ahvoli yaxshilanib borayotganini bildirgan.
«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash, ushbu infeksiya tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bunda tibbiyot xodimlarining fidoyiligi alohida ahamiyatga ega.
Jumladan, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Isakovich Musabayev rahbarligidagi tajribali jamoa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashda alohida faollik ko‘rsatishmoqda.
Ular Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, ilg‘or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, xalqaro standartlar bo‘yicha tezkor va sifatli davolash muolajalarini olib borishmoqda. Ushbu jarayonda tibbiyot xodimlari birdamlikda, bor mahorati va tajribasini ishga solgan holda mehnat qilishmoqda. Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasini mag‘lub etish harakatida. Shu bilan birga, shirin muomalasi va daldasi bilan ham bemorlarga ruhiy madad bo‘lishmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi