
Ushbu ma’lumotni Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov O‘zbekiston24 kanalida bergan axborotida alohida ta’kidlab o‘tdi.
"90 ming ortiq kishi tibbiy kuzatuvga olingan. Ularning orasida virus yuqtirgan shaxslar chiqib qolishi ehtimoli bor. Bu degani virus tarqatayotgan odam o‘z vaqtida karantinga olingan, biroq hech qanday alomatlar bilinmagan bo‘lishi mumkin. Chunki undagi immunitet virus ustidan g‘alaba qozongan. Ammo o‘sha shaxsda «tashuvchilik» saqlanib qolingan. U hozir «menda virus chiqmadi» deb yurtimiz hududi bo‘ylab aylanib yuribdi.
Shuning uchun «uyda qoling, ko‘chaga chiqmang» deyilyapti. Bu gaplarimiz haliyam masalaning mohiyatini jiddiy tushunmayotganlarga tegishli", — qat’iy ogohlantirmoqda Otabekov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar