17:17 / 31.03.2020
3 139

Nurmat Otabekov: «Xorijdan bir oy oldin qaytganlarni karantinga olish mumkin emas»

Nurmat Otabekov: «Xorijdan bir oy oldin qaytganlarni karantinga olish mumkin emas»
O‘zbekistonga bir oy oldin xorijdan qaytgan fuqarolarni karantinga olish mumkin emas. Bu haqda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

«Bunday vaziyatda, ya’ni fuqaro xorijdan bir oy avval kelsa-yu u faqatgina bugun yoki bir necha kun avval karantinga olingan bo‘lsa, bu noto‘g‘ri. Agar qaysidir odam koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik jihatdan noxush vaziyat bo‘lgan mamlakatdan qaytgan bo‘lsa, kelgan kunidan boshlab 14 kunlik izolyatsiyaga olinadi. Agar u koronavirus infeksiyani yuqtirgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lsa, muloqotda bo‘lgan kunidan boshlab 14 kun davomida karantinda saqlanadi. Agar mazkur shaxs bir oy oldin xorijdan qaytgan bo‘lsa, uni karantinga olish mumkin emas», deya Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, birinchi guruh karantin uchun joylashtirilgan hududdagilar 14 kunlik muddatni o‘tab bo‘lmagunicha ularning orasiga yangi odamlar qo‘shilmaydi.

«O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanayotgan amaliyotga muvofiq, bir guruh aholi, deylik, charter reysda olib kelingan bo‘lsa, ular uchun karantin muddati bir kunda boshlanib, bir kunda yakunlanadi. Statsionar sharoitda shifoxona, sihatgoh, oromgoh, profilaktoriy va boshqa muassasalarda epidemik noxush hududlardan uyushgan holda olib kelinib, karantinga olinganlar orasiga yangi odamlar qo‘shilmaydi. Bu karantin talablarini buzish hisoblanadi.

Shunday ekan, karantinda saqlanayotganlar orasiga yangilari qo‘shilaversa, eng avval izolyatsiyaga olinganlarning karantin davri cho‘zilib ketishi haqidagi xavotirlarga hojat yo‘q. Uyushgan holda olib kelingan aholi birgalikda karantin muddatini o‘tab, salomatligiga kafolat hosil qilgandan keyin ularga birgalikda javob beriladi
», deydi Otabekov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 14 kunlik muddat yakunlanib, odamlarga javob berilgandan keyin ular karantinda saqlangan muassasalarda dezinfeksion vositalar bilan ishlov beriladi, ma’lum vaqt ekspozitsiya qilingandan so‘ng yaxshilab tozalanadi va shundan keyin bu yerga boshqa guruh joylashtirilishi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov: «Xorijdan bir oy oldin qaytganlarni karantinga olish mumkin emas»