
O‘zbekistonning davlat chegaralari yopilishi munosabati bilan 23 martdan boshlab Qozog‘istonning Turkiston viloyati «Jibek-Joli» avtomobil o‘tkazish punktida vatanga qaytishni istagan O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatildi.
Shu kuni ushbu nazorat-o‘tkazish punktida to‘plangan fuqarolar soni 700 kishidan oshib ketdi.
Soat 21:30gacha 564 nafar yurtdoshimiz sanitariya me’yorlariga rioya qilingan holda maxsus transport vositalarida O‘zbekiston hududiga olib o‘tildi va karantinga joylashtirildi.
Fuqarolardagi zo‘riqishni bartaraf etish va O‘zbekiston hukumati ko‘rayotgan chora-tadbirlarning mohiyatini tushuntirish maqsadida shu kuni O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasidagi «Do‘stlik» o‘zbeklar etnik-madaniy uyushmalari assotsiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib bordi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar