
Aholi soni oshib borgani sari oziq-ovqatga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Bu esa fuqarolarimizda ayni shu yo‘nalishda tadbirkorlik qilish va yaxshi foyda olish istagini tug‘dirmoqda. Ayrim tadbirkorlarimiz o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil etib, qonuniy ishlasa, ayrimlar imkoniyatlardan foydalanib qolishga urinib, qing‘ir ishlarga qo‘l uradi va oqibatda afsus qiladi.
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida tumandagi “Muborak” mahallasi hududida joylashgan qurilish korxonasiga qarashli 1 ga. yer maydonida qurilgan issiqxona Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tegishli gaz quvuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri noqonuniy ulanganligi aniqlandi.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, jamiyat tomonidan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tegishli 104 mln. so‘mlik gaz xom ashyosi yashirin ravishda talon-taroj qilingan.
Bundan tashqari, MCHJ rahbari Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, boshqarma balansida bo‘lgan qiymati 17.9 mln. so‘mlik gaz hisoblagichni talon-taroj qilib, MCHJga qarashli issiqxonaga o‘rnatib, foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari tashkillashtirish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar