21:45 / 02.04.2020
2 526

Mirjalol Qosimov koronavirusga qarshi kurashish uchun 75 mln so‘m xayriya qildi

Mirjalol Qosimov koronavirusga qarshi kurashish uchun 75 mln so‘m xayriya qildi
OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Mutaxassis mamlakatda koronavirusga qarshi kurash va muhtojlarga yordam ko‘rsatish maqsadida «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» fondiga 75 million so‘m miqdorida pul mablag‘i o‘tkazib berdi. Bu haqda olmaliqliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qosimov yanvar oyida 20-Tolariq saylov okrugidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylangandi.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachi Otabek Shukurov 100 million so‘m miqdorida xayriya qilgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirjalol Qosimov koronavirusga qarshi kurashish uchun 75 mln so‘m xayriya qildi