21:50 / 03.04.2020
4 628

Koronavirusda o‘lim xavfini oshiruvchi asosiy omillar

Koronavirusda o‘lim xavfini oshiruvchi asosiy omillar
Foto: «Inance.ru»
AQSH tibbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasi mutaxassislari chekishning koronavirus bilan kasallanish ehtimoliga ta’sirini izohlab berishdi. Tavsiyalar «MedicalXpress» saytida keltirilgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, chekish kasallikni yuqtirishga ta’sir ko‘rsatadi, zararli odatni tashlash esa organizmning virusga qarshi kurashuvchanligini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqot natijalariga qaraganda, bu omil organizmning ayrim virus va bakteriyalarga qarshi tabiiy himoyasiga zarar yetkazadi.

Misol uchun, COVID-19 tufayli o‘lim ko‘rsatkichi taxminan 2 foizni tashkil etganda, kashandalik bilan bog‘liq o‘pka kasalliklaridan qiynalayotganlar orasida o‘lim darajasi 6 foizga oshadi. Mutaxassislarning fikricha, chekish — organizm himoya imkoniyatlarini pasaytiradigan yagona omil hisoblanmaydi. Masalan, o‘lim darajasi yurak-qon tomir kasalliklarida 10, diabetda 7, yuqori qon bosimida 6 foizni tashkil etadi.

Shifokorlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini maksimal darajada kamaytirish uchun muvozanat saqlash, qo‘llarni tez-tez yuvish, og‘iz, burun va ko‘zlarni ushlamaslikni maslahat beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusda o‘lim xavfini oshiruvchi asosiy omillar