2 938
Masofaviy ta’lim: videodarslar vaqtida o‘qituvchi va ota-onalar nimalarga e’tibor berishi lozim?
Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
4 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Anvar Umarov maktab o‘quvchilariga karantin davrida o‘qituvchi va ota-onalar qay tarzda yordam berishi bo‘yicha savolga javob berdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 1 aprelidan boshlab barcha umumta’lim maktablarida 4-chorak o‘quv jarayonlarini masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlikning tegishli (2020 yil 31 martda 91-sonli) buyrug‘i qabul qilindi .
Unga ko‘ra, fan o‘qituvchisi, ota-onalar o‘quvchilarning masofaviy bilim olishlariga ko‘maklashishi zarurligi va bunda ularning vazifalari belgilandi.
Fan o‘qituvchisi:
O‘z ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirayotgan fan o‘qituvchilari televizion dars orqali o‘quvchilarga berilayotgan uy vazifalarini ota-onalar bilan birgalikda bajarilishiga ko‘maklashadi va ularni baholab boradi. Bunda o‘quvchilarning uy vazifalari yuzasidan olgan baholari Toshkent shahrida elektron jurnalga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘qituvchilar o‘zi uchun qayd etib boradi.
Ota-onalar:
- farzandlariga televizion darslarni ko‘rish va uy vazifalarini bajarishga sharoitlar yaratib beradi;
- farzandlarining televizion darslarni o‘z vaqtida ko‘rishini nazorat qiladi;
- farzandlariga uy ishini qilishga va natijalarini fan o‘qituvchisiga yetkazishga ko‘maklashadi, shuningdek, bu borada fan o‘qituvchisi bilan hamkorlik qiladi.
Uy vazifasi:
O‘quvchilar faqat televizion darsda berilgan uy vazifasini bajaradi. O‘z ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirayotgan fan o‘qituvchilari tomonidan ushbu uy vazifalarini bajarishda ko‘maklashadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti