
Toshkent shahri bo‘ylab harbiylar boshqaruvidagi zirhli texnika IIBB avtomobillari hamrohligida harakat qilmoqda. Harbiylar ovoz kuchaytirgichlar orqali aholini «o‘zini yakkalash» rejimiga rioya qilishga chaqirmoqda, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yirik shaharlarida «o‘zini yakkalash» tartibi 6 aprel soat 06:00 dan majburiy joriy etildi. Ta’kidlanishicha, targ‘ibot ishlari oldinroq boshlab yuborilgan.
BTRlardan sababsiz tashqariga chiqmaslik talabi bilan birga ko‘chalar bo‘ylab «Shahzod» guruhining «Aziz yurtim» hamda Yulduz Usmonovaning «Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston» qo‘shiqlari jarang sochmoqda.
— Shukhrat (@bankir2102) April 6, 2020“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar